Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Prezident murojaati ilk bor tarjimalar bilan efirga beriladi

Prezident murojaati ilk bor tarjimalar bilan efirga beriladi

24 yanvar kuni 11:00 da bo‘ladigan prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi a ilk marta surdo (kar-soqovlar uchun), shuningdek, ruscha va inglizcha tarjima bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Qayerda ko‘rish mumkin?

Deyarli hamma telekanalda. Jumladan, MTRKning 4 ta teleradiokanali, 5 ta telekanali, 12 ta hududiy teleradiokompaniya, 5 ta xususiy telekanal hamda prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ko‘rish mumkin.

Kimlar qatnashadi?

Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tadigan bu tadbirda Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy Kengashlarga saylangan xalq noiblari, shuningdek, ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Kiritildi: 21:49 22.01.2020. O'qildi: 2242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!