Falastin futbol federasiyasi (FFF) prezidenti Jibril Rajab falastinliklarni Isroil va Argentina o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuviga Messi kelsa, butun Falastin bo‘ylab uning rasmlari va futbolkalarini yondirishga da’vat etdi.
“Report.az”ning xabar berishicha, Ramalandagi bayonotida FFF rahbari Argentinani Isroil bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan voz kechishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Quddusni rasman Isroilniki deya baholab, o‘rtoqlik uchrashuvi uchun argentinaliklarni Quddusga kelishga chorlagan.
Mazkur o‘rtoqlik o‘yini 9 iyunda Quddusda o‘tkaziladi.