Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Prezident harbiy kasalxonaga yotqizildi

 Prezident harbiy kasalxonaga yotqizildi

Chexiya Prezidenti Milosh Zeman Praga shahridagi markaziy harbiy kasalxonaga yotqizildi, deya xabar berdi Pravo gazetasi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 76 yoshli Zeman uzoq vaqt kasalxonada yotishi mumkin. U oyoq nevropatiyasi bilan og‘rib kelardi, kasallik tufayli yaqinda nogironlar aravachasidan foydalana boshlagani ma’lum bo‘ldi.

Prezident eshitish qobiliyati va qon bosimi pastligidan shikoyat qiladi. Bundan tashqari, Zeman qandli diabetga ham chalingan, o‘shandan beri u shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turgan edi.

Gazetaning yozishicha, Chexiya sobiq Prezidenti Vaslav Klaus ham Pragadagi markaziy harbiy kasalxonada. U qon bosimining keskin ko‘tarilishi tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 05:30 16.09.2021. O'qildi: 4166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!