Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi

Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi

Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda 10 ta oliygohda Oliy muhandislik maktablari ochilishi ta’kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu maktablarda ikki yillik amaliy magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yilib, ishlab chiqaruvchilar buyurtmasi asosida nomzodlar saralab olinadi.

Birinchi yilda talabalar korxonalar buyurtmasi asosida yangi mahsulotlarni loyihalashtiradi, ilmiy izlanishlar o‘tkazadi, bu borada chuqurlashgan modul dasturlar asosida o‘qitiladi. Ikkinchi yilda yangi mahsulotlar bo‘yicha tajriba-konstruktorlik namunalarini yaratish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarni korxonalarda sinovdan o‘tkazadi.

Korxonalar Oliy muhandislik maktabida laboratoriya ochish va jihozlash uchun mablag‘ yo‘naltirsa, bu xarajatlar korxonaning foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi. Davlat ham byudjetdan shuncha mablag‘ ajratadi.

Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi.

Sho‘ba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi. 2025 yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.

Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham ta’sischi bo‘lishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard so‘mgacha buyurtmani to‘g‘ridan to‘g‘ri berishi mumkin bo‘ladi.

Investisiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.

Kiritildi: 18:27 20.06.2024. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!