19 may kuni Ulug‘nor tumani hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari yig‘ilish davomida Andijonda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarda viloyat hokimining mehnati katta ekanligiga to‘xtaldi, deya xabar beradi tadbirda ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri.
«Shuhratbek Abdurahmonovni o‘zim ishongan hokimlardan biri deb bilaman. Bugun kun bo‘yi birga yurdik. Hokim shu vaqt ichida menga 50ta hal bo‘lishi kerak bo‘lgan masala qo‘ydi. Har biriga kamida 5 milliarddan mablag‘ ketadigan masalalar. Lekin, uning o‘sha loyihaning dolzarb ekanligini to‘la tushuntira olishi sabab, hech qaysisiga yo‘q deya olmadim. O‘zim ham ko‘p yillar hokim bo‘lganman. Yaratgan bizga xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga imkon berdi. Men, Shuhrat Abdurahmonovni qo‘llab-quvvatlayman va qanday ko‘mak kerak bo‘lsa beraman», deydi prezident.
Prezident 20 may kuni ham Andijon shahrida bo‘lib, bir qator ijtimoiy ob’ektlarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishi kutilmoqda.