Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Prezident administrasiyasi rahbari ishdan ketdi

A A A
Prezident administrasiyasi rahbari ishdan ketdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident devoni rahbari Andrey Yermak iste’foga chiqqanini e’lon qildi.

Zelenskiy bu haqda o‘z videomurojaatida ma’lum qildi.

"Ukraina prezidenti devoni qayta ishga tushiriladi. Devonxona rahbari Andrey Yermak iste’foga chiqish haqidagi arizani topshirdi. Men hech qanday mish-mishlar va taxminlar bo‘lmasligini istayman. Idoraning yangi rahbari bo‘yicha, ertaga men ushbu muassasaga rahbarlik qilishi mumkin bo‘lganlar bilan maslahatlashaman", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident devoni rahbari Andrey Yermakning ishxonasida tintuv o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 08:15 29.11.2025. O'qildi: 2476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!