Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Prezident 28 yildan beri kutilayotgan qonunni imzoladi

Prezident 28 yildan beri kutilayotgan qonunni imzoladi

«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida» gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb yozadi  «Huquqiy axborot».

Qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;
  • er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.

Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

  • xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik ob’ektlar joylashgan yer uchastkalari;
  • rejalashtirish sxemalari bo‘lmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari; tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreasiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari;
  • o‘rmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar);
  • xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;
  • erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.

Qonun 2020 yil 1 martdan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 04:56 14.08.2019. O'qildi: 11509 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!