⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1996 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasi Chilonzor tumanida to‘xtatilib, tekshirildi.
Natijada uning salonida 15 dona kapsulada “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
⚡️ So‘ngra, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu dorilarni sotgan 1991 y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, mazkur fuqaro Chilonzor tumanidagi xonadonda narkolaboratoriya tashkil qilgan bo‘lib, ushbu manzildan 955 gr va 538 dona “Pregabalin”, 227 gr va 28 dona “Tropikamid”, 16 kg “Trilon-B” hamda sintetik narkotiklar tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, katta miqdordagi kapsula va flakonlar olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.