O‘zbekiston poytaxtida isitish mavsumi joriy yilning 16 oktyabridan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2018/2019 yilgi isitish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Unga ko‘ra, 2018 yil 16 oktyabrdan ijtimoiy soha ob’ektlarida, 2018 yil 19 oktyabrdan sinov tariqasida turar joy binolarida muntazam isitish boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 2017/2018 yil isitish mavsumi ijtimoiy soha ob’ektlarida 2017 yil 10 noyabrdan, turar-joy binolarida 2017 yil 12 noyabrdan boshlangan.
Manba: sof. uz