Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Poytaxtda ikki yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar to‘qnashdi

Poytaxtda ikki yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar to‘qnashdi

Joriy yilning 4 dekabr kuni soat 07:50larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida joylashgan "Ashxobod" saylgohi qarshisida haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan D.R. boshqaruvidagi va yana bir haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar ishtirokida yengil to‘qnashuv sodir bo‘lgan.Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.

 

Kiritildi: 19:11 04.12.2020. O'qildi: 2198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!