Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

“Poytaxt Abdulhamid” seriali endi berilmaydimi?

“Poytaxt Abdulhamid” seriali endi berilmaydimi?

Xabaringiz bor, Turkiya kino ijodkorlari tomonidan surtaga olingan Poytaxt Abdulhamid seriali Zoʻr TV telekanali tomonidan o‘zbek tomoshabinlariga namoyish qilinayotgandi. Kecha tongdan ijtimoiy tarmoqlarda serial vaqtida namoyish qilinmagani xususida keskin muhokamalar boshlandi. Har xil taxmin va gumonlar o‘rtaga tashlanmoqda. Hatto Poytaxtni Jizzaxga ko‘chirish haqidagi mulohazalarni boshqacha tushunganlar Poytaxt ni Zoʻr tv dan ko‘chirib yuborishdimi? degan istehzoli fikrlar ham uchraydi. Azon.uz tahririyati Zoʻr TV bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildi.

Kechadan beri telefon qo‘ng‘iroqlari tinmayapti, dedi o‘zini Umarboyeva Matluba deya tanishtirgan Zoʻr TV xodimasi. Xavotirga o‘rin yo‘q. Poytaxt Abdulhamid seriali efirdan olib tashlanmagan. Hozircha texnik sabablarga ko‘ra namoyish vaqticha to‘xtatilgan. Yaqin kunlarda serial davom etadi.

Ta’kidlab o‘tish kerak, Zoʻr TV da Tirilish Ertug‘rul va Poytaxt Abdulhamid seriallari namoyishi bilan tomoshabinlar e’tiboriga sazovor bo‘lgan. Biz telekanalning xayrli ishlari davomli bo‘lishini tilab qolamiz.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 18:12 22.02.2019. O'qildi: 7491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!