U ulkan to‘lqin yoki sunamiga o‘xshab, plyajda dam olayotgan sayyohlarni qo‘rqitib yuborgan.
Iqlim ekspertlari fikriga ko‘ra, bu hodisa Portugaliya uchun misli ko‘rilmagan bo‘lsa-da, Avstraliyada ko‘proq kuzatiladi.
"Osmondagi ulkan to‘lqinga o‘xshash ajoyib ko‘rinishiga qaramay, bu turdagi bulutlar sunami bilan bog‘liq emas. Bu shunchaki havo massalari va dengiz shamollari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tufayli yuzaga keladigan noyob atmosfera hosilasi," - deya aniqlik kiritdi sharhlovchi Andrea Pinto.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu turdagi bulutlar uzun quvur shaklida bo‘lib, okean bo‘ylab "dumalagandek" gorizontal harakatlanadi.
“O‘rama bulut” Shvesiya, Braziliya va Urugvayda ham kuzatilgan.