"PSJ" va Portugaliya termasi yarim himoyachisi Vitinya hamyurti Krishtianu Ronalduning Jahon chempionati-2026da ishtirok etishi haqida fikr bildirdi.
"39 yoshdaligiga qaramay, u hali ham terma jamoa asosiy tarkib a’zosi. Uning sport formasini saqlab qola olganiga izoh bera olmayman. Uning o‘zi bu haqida gapirgandi va chindan ham, hammasi professionallik bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Butun faoliyati davomida, ertalab, kunduzi va kechqurun ham u mehnat qilishdan to‘xtamaydi. Bu yo‘lda u qancha ter to‘kkani va nimalardan voz kechganini tasavvur qilish qiyin. O‘ylashimcha, aynan shu jihat tufayli Krishtianu 39 yoshda ham shunday sport formasini saqlab qola olgan.
Men uchun u bilan bir jamoada to‘p tepish — g‘urur. Yosh bolaligimizdayoq u bilan birga to‘p tepishni orzu qilardik va bu amalga oshdi. U bilan birga shuncha vaqt davomida to‘p tepa olganimdan juda xursandman.
Ronaldu bo‘lajak JChda ishtirok etadimi? Albatta, u hech qayerga ketmaydi, Ronaldu mundialda ishtirok etadi".