Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Portlash xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi​​​​​​​

Portlash xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi​​​​​​​

Hukumat qarori (2-son, 06.01.2025 y.) bilan “Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, texnik reglament inson hayoti va salomatligini, mol-mulki va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iste’molchilarni chalg‘itadigan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida portlash xavfi bo‘lgan muhitda O‘zbekiston hududida qo‘llanilishi va bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi.

Texnik reglament talablari portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalarning belgilangan ro‘yxatiga nisbatan qo‘llaniladi.

Asbob-uskunalar portlash xavfi bo‘yicha xavfsiz ishlash va foydalanish uchun zarur bo‘lgan quyidagi talablarga javob berishi kerak:

- asbob-uskunalardan yonuvchi moddalarning chiqishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan portlash muhitining hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- portlash sodir bo‘ladigan har bir manbaning xususiyatini hisobga olgan holda, portlash muhiti alangalanishining oldini olish;

- asbob-uskunalarning qo‘llanish sohasiga qarab, portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalarning portlash xavfsizligini belgilovchi ko‘rsatkichlar tasnifiga.

Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 6 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Kiritildi: 17:32 08.01.2025. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!