Polsha shimolidagi Torun shahrida harorat 40,3 daraja Selsiyga yetib, yangi rekord natijani qayd etdi.
Bu haqda Polsha Meteorologiya va suv xo‘jaligi instituti matbuot kotibi "Polsat" telekanaliga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan oldingi harorat rekordi 100 yildan ko‘proq vaqt oldin, 1921 yil 29 iyunda qayd etilgan edi. O‘shanda Polsha g‘arbidagi Prushkuv shahrida havo harorati 40,2 darajaga yetgan.
Yakshanba kuni haddan tashqari yuqori harorat sababli Polshada ikkinchi va uchinchi darajali xavf e’lon qilindi.