U Rossiya Polsha hududiga hujum qilgan taqdirda rus raketalarini urib tushiradi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Sikorskiy Radio Rebeliant radiostansiyasi efirida.
"Muzokaralar davomida men bu baza nafaqat AQSh tomon uchayotgan Eron raketalarini, balki Polsha tomon uchayotgan Rossiya raketalarini ham urib tushira olishini kafolatladim”, degan vazir.
Avvalroq, AQSh Eronning navbatdagi hujumi sodir bo‘lgan taqdirda ballistik raketalarni tutib olish uchun Isroilda THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishi ma’lum bo‘lgandi.