Polsha ichki xavfsizlik agentligi norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik va avstraliyalik ommaviy qotil Brenton Tarrantga o‘xshash terakt uyushtirishni rejalashtirgan uch yigitni qo‘lga oldi.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda Polsha razvedka xizmatlarini muvofiqlashtiruvchi vazir matbuot kotibi Yasek Dobjinskiy ma’lum qildi.
"Olshtin shahrida terakt uyushtirishda gumon qilingan 19 yoshli yigit qo‘lga olindi. Bu Olshtine tumani prokuraturasi nazorati ostida olib borilayotgan tergovdagi uchinchi ayblanuvchidir. Avvalroq, xodimlar bu ish bo‘yicha uning ikki hamkasbini hibsga olishgan", - deya qayd etdi u.
Tekshiruv davomida ular internet tarmog‘ida o‘qotar qurollardan foydalanish, o‘q otish pozisiyalari va ochiq maydonlarda va yopiq joylarda jangovar harakatlar olib borish to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plagani, shuningdek, o‘q otish poligonlariga borib, harbiy-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazgani aniqlangan. Ular pirotexnika vositalari va portlovchi tizimlar yasash bo‘yicha ko‘rsatmalar yig‘ishgan.
"Gumonlanuvchilar Anders Breyvik, Brenton Tarrant va Timoti Makvey kabi ommaviy qotillarning faoliyatidan ilhomlangan. Ularning mafkurasi ularni hayratda qoldirdi", - dedi Dobjinskiy.
Erkaklarning ikki nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, uchinchisiga esa Olshtin tuman sudi tomonidan qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan chora ko‘rilgan.