The Times nashri bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tuskning bayonotlariga tayanib yozmoqda.
"Biz geosiyosiy va transatlantik holat, shuningdek, Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘xshash qarashlarga ega bo‘lgan davlatlar bilan hamkorlikni faol ravishda muvofiqlashtiramiz. Hech kim mojaroning kuchayishini xohlamaydi. Shu bilan birga, hech kim Ukrainaning zaiflashishini yoki hatto taslim bo‘lishini xohlamaydi. Polsha manfaatlari uchun ham tahdid hisoblanadi", — deya izoh berdi Tusk.
Qayd etilishicha, ushbu ittifoq Buyuk Britaniya, Shimoliy va Boltiqbo‘yi mamlakatlarini o‘z ichiga olishi mumkin.