Polsha «Sharq qalqoni» dasturi doirasida Rossiya bilan chegarada mudofaa istehkomlari liniyasini qurishni boshladi, dedi bosh vazir Donald Tusk. Ish 2028 yilgacha davom etadi, loyiha qiymati 10 milliard zloti (2,5 milliard dollar)ga baholanmoqda.
«Sharq qalqoni qurilishi boshlandi! Rossiya bilan chegaradagi birinchi ish», — deb yozdi Tusk X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Chegara zonasida olib borilayotgan ishlar doirasida 800 km ariq qaziladi, minalangan maydonlar jihozlanadi va tankga qarshi tipratikan o‘rnatiladi. Bundan tashqari, videokuzatuv tizimi yaratiladi.
«Sharqiy qalqon» qurilishi haqida may oyi boshida e’lon qilingan edi. O‘sha paytda Donald Tuskning idorasi tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Polsha «Belarus va Rossiyadan tahdidlarga qarshi turish uchun NATOning sharqiy qanotida keng qamrovli mudofaa infratuzilmasini» yaratish niyatida.
Rossiyaning Kaliningrad viloyati Polsha bilan chegaradosh.