Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Polsha prezidentlikka nomzodlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Polsha prezidentlikka nomzodlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Shu paytgacha polshalik saylovchilar eng ko‘p nomzodlar orasidan tanlashlari kerak bo‘lgan 1995-yilgi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida 13 nafar nomzod ro‘yxatga olingan edi.

Polsha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan birinchi nomzod o‘ta o‘ngchi Konfederasiya nomzodi Slavomir Miyentzen bo‘lib, uni qo‘llab-quvvatlash uchun 250 ming imzo to‘plagan.

MSK Fuqarolik koalisiyasidan nomzod, Varshava meri Rafal Trzaskowskini ham ro‘yxatga oldi: uni qo‘llab-quvvatlash uchun milliondan ortiq imzo to‘plangan.

Shuningdek, Polsha prezidenti lavozimiga “Qonun va adolat” partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Milliy xotira instituti prezidenti Karol Navrockiy ham da’vogarlik qilmoqda. Uning nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,3 milliondan ortiq imzo to‘plangan.

Seym spikeri Shimon Xolovniya o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun 400 ming imzo to‘pladi. Qolgan 13 nomzodning reytingi qayd etilgan nomzodlardan ancha past.

Polshada prezidentlik saylovlari 18 may kuni bo‘lib o‘tadi, ikkinchi tur 1 iyunda bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 10:14 05.04.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!