Polsha muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning o‘limiga izoh so‘rash uchun Rossiya elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirgan beshinchi davlat bo‘ldi. Avvalroq Germaniya, Ispaniya, Shvesiya va Fransiya ham Rossiya elchilarini TIVga bu masalada izoh so‘rab chaqirtirgani xabar qilingandi.
"Tashqi ishlar vazirligi Rossiya rasmiylarini Aleksey Navalniyning o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga, shuningdek, uning o‘limi sabablarini aniqlash uchun keng qamrovli va shaffof tergov o‘tkazishga chaqiradi", — deyiladi Polsha TIV bayonotida.