Lissabon shartnomasining 42-moddasi 7-bandiga muvofiq, birlashmaga a’zo davlatlar "o‘zlari uchun mumkin bo‘lgan barcha vositalar bilan yordam berishlari va ko‘maklashishlari" kerak.
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani harbiy yo‘l bilan AQShga qo‘shib olishga urinishi Yevropa Ittifoqi (EI) to‘g‘risidagi Lissabon shartnomasining ishtirokchi mamlakatlarning o‘zaro mudofaasiga oid qoidalari qo‘llanilishiga olib keladi. Bu haqda Politico gazetasi xabar bermoqda.
Shartnomaning 42-moddasi 7-bandiga ko‘ra, birlashmaga a’zo davlatlar qurolli tajovuzga uchragan Yevropa Ittifoqi mamlakatiga "o‘zlari uchun mumkin bo‘lgan barcha vositalar bilan yordam va ko‘maklashish"lari shart. Biroq, Bryussel boshqaruv maktabining "Mudofaa va davlat qurilishi" tadqiqot dasturi rahbari Deniyel Fiottning fikricha, bu qoida "hozirgi holatida ma’nosiz, chunki u haqiqiy harbiy kuch bilan ta’minlanmagan."
Agar Daniya Trampning Grenlandiyani tortib olish rejasiga qarshi yuridik yo‘l bilan kurashmoqchi bo‘lsa, u Yevropa Ittifoqidan yordam so‘rashi kerak, "garchi bu kurashda qaysi davlat g‘olib chiqishi haqida hech qanday shubha yo‘q bo‘lsa ham," deb ta’kidlaydi gazeta.