Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Polisiya xonanda Nargizning Rossiya aeroportida hibsga olinganini rad etdi

Polisiya xonanda Nargizning Rossiya aeroportida hibsga olinganini rad etdi

Moskvaning Domodedovo aeroportida 51 yoshli rossiyalik va o‘zbekistonlik xonanda Nargiz Zokirova qo‘lga olingani haqda xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Undagi ma’lumotlarga asosan, Nargiz Toshkentdan kelganidan keyin hibsga olin. Xonandaning o‘zi ham O‘zbekistonga qaytarib yuborilishi mumkinligini aytgan.

Nargiz shu yilning aprel oyida Ukrainadagi vaziyat fonida vataniga jo‘nab ketgan edi. Xabarlarga ko‘ra, u u erda oilasi bilan vaqt o‘tkazgan, shuningdek, kelajakda amalga oshirishni rejalashtirgan ijodiy loyihalari bilan shug‘ullangan.

San’atkorning vakillari xonandaning aeroportda qo‘lga olingani borasida hech narsa deyishmagan.

Keyinroq esa polisiya xodimi Nargizning Rossiyaga kiritilmagani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zokirova o‘zining sobiq prodyuseri Maksim Fadeev va teleboshlovchi Andrey Malaxovni unga qarshi til biriktirganlikda ayblagandi.

Kiritildi: 21:12 25.05.2022. O'qildi: 2857 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!