Pokrovskning yo‘qotilishi Ukraina iqtisodiyotini izdan chiqarishi mumkin. Bu haqda Foreign Policy xabar berdi.
Pokrovsk po‘lat va metallurgiya sanoati uchun asosiy ko‘mir manbai bo‘lib, soliq tushumlarini va eksportning salmoqli qismini ta’minlaydi.
Bu korxonalarsiz mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutishi mumkin edi. Ukraina, shuningdek, metall resurslari taqchilligiga duch kelyapti.