Pokistonning Bannu shahridagi polisiya bo‘limi yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida besh kishi halok bo‘ldi va 13 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Dawn portali xabar berdi.
Yaradorlar orasida bir polisiya xodimi ham bor.
Portlash portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina polisiya bo‘limining orqa devoriga urilganda sodir bo‘lgan. Kuchli portlash polisiya bo‘limi devorini qulatdi va bino ichidagi oynalarni sindirdi. Yaqin atrofdagi uylarga ham zarar yetgan, bu esa tinch aholi orasida qurbonlarga sabab bo‘lgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.