Pokistonda kuchli musson yomg‘irlari sabab yuz bergan suv toshqinlari oxirgi haftada kamida 33 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Dawn nashri Panjob tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (PDMA) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 23–31 avgust kunlari sodir bo‘lgan toshqinlarda yana 8 kishi yaralangan. Umumiy hisobda qariyb 2 million odam jabr ko‘rdi. Jabrlanganlar uchun 506 ta gumanitar lager tashkil etildi.
Qutqaruv guruhlari 760 ming nafar aholi va 516 ming bosh chorvani xavfsiz hududlarga evakuasiya qildi.
Avvalroq Pokiston Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (NDMA) 23 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan va sentyabr oyining boshida yana kuchli yomg‘irlar yog‘ishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Panjob oliy vaziri Maryam Aurangzeb bu holatni “Panjob tarixidagi eng yomon suv toshqini” deya baholadi va suv sathi rekord darajada ko‘tarilganini ta’kidladi.