Bu haqda Times of India xabar berdi.
Pokistonning Karachi shahrida olti qavatli turar-joy binosi qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgan, yana 13 kishi jarohatlangan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, sakkizga yaqin fuqaro vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda qutqaruv ishlari davom etmoqda – og‘ir texnikalar jalb qilingan. Biroq tor ko‘chalar qutqaruvchilarning harakatini sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda.
Muassaddi idoralar tomonidan voqea yuzasidan tergov ishlari boshlangani aytilmoqda.