Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Pokiston Kobuldagi shifoxonaga zarba berdi

Pokiston Kobuldagi shifoxonaga zarba berdi

Afg‘oniston rasmiylari Pokiston kuchlari 16 mart kuni Kobulda havo hujumlarini amalga oshirganini da’vo qilishdi.

"Tolibon" hukumati vakili Zabihulla Mujohid hujumni "jinoyat va g‘ayriinsoniy harakat" deb atadi, deb xabar beradi AFP.

Associated Press xabariga ko‘ra, Afg‘oniston rasmiylari giyohvandlarni davolash markaziga zarba berilganini da’vo qilmoqda. Afg‘oniston rasmiylarining ma’lumoti bo‘yicha kamida 400 kishi halok bo‘lgan va taxminan 250 kishi yaralangan.

CNN xabariga ko‘ra, hujum mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida sodir bo‘lgan. 2000 o‘ringa mo‘ljallangan binoning katta qismi vayron bo‘lgan.

Pokiston bu ayblovlarni rad etib, ularni "yolg‘on va chalg‘ituvchi" deb atadi. Axborot vazirligi bayonotida hujumlar faqat harbiy inshootlar va terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini, jumladan, Afg‘onistondan faoliyat yuritayotgan Pokiston jangarilari bazalarini nishonga olgani aytilgan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi mojaro 22 fevral kuni Pokiston "Tehrik-e-Tolibon" pozisiyalariga hujum qilganidan keyin avj oldi.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!