Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Pokiston armiyasi ayeroportdagi hujumlardan so‘ng Hindistonga javob zarbalari berishini aytdi

Pokiston armiyasi ayeroportdagi hujumlardan so‘ng Hindistonga javob zarbalari berishini aytdi

Hindiston armiyasi Pokistondagi uchta harbiy ayeroportga raketa zarbalari berdi. Bunga javoban Pokiston armiyasi Hindistonning qator ob’ektlari, jumladan S-400 zenit-raketa kompleksini yo‘q qilganini da’vo qilib, qarshi hujum uyushtirdi.

Pokiston tomonining rasmiy bayonotiga ko‘ra, Hindiston tomonidan hujum erta tongda amalga oshirilgan. Havo bazalariga poytaxt yaqinidagi Ravalpindi shahrida joylashgan Nur Xon hamda Panjob viloyatidagi Murid va Shorkot ayerodromlari zarba berilgan. Harbiylarga ko‘ra, raketalarning bir qismi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib olingan, biroq hech qanday zarar va qurbonlar qayd etilmagan.

Bunga javoban Pokiston havo kuchlari Hindistonning Suratgarh, Sirsa, Bathinda va Axnur shaharlaridagi harbiy nishonlarga zarba berdi. Pokiston armiyasining da’vo qilishicha, operasiya davomida JF-17 qiruvchi samolyotidan otilgan gipertovushli raketa yordamida Hindistonning S-400 havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Kiritildi: 14:20 10.05.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!