Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Pokiston Afg‘oniston bilan chegara bo‘ylab havo zarbalari uyushtirdi. Bu hujumlar mintaqada bir necha oy davom etgan nisbiy tinchlikdan keyin sodir bo‘ldi.

Pokiston axborot vaziri Attaulloh Tararning ma’lum qilishicha, “aniq nishonlarga qaratilgan” operasiya davomida to‘rtta ob’ekt yo‘q qilingan va 26 nafar jangari o‘ldirilgan.

Uning aytishicha, zarbalar Pokiston hududida yaqinda sodir etilgan terrorchilik hujumlariga javob sifatida amalga oshirilgan. Hujumlar chegara hududidagi jangarilarning ehtimoliy boshpanalari, jumladan, tayyorgarlik markazi va o‘q-dori omboriga qaratilgan.

“Pokiston mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash tarafdori. Biroq mamlakat fuqarolarining xavfsizligi va himoyasi bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”, dedi Tarar.

Shu bilan birga, Afg‘onistondagi Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid zarbalar Kunar, Xost va Paktika hududlariga berilganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar oqibatida 11 nafar bola, bir nafar ayol va bir nafar keksa erkak halok bo‘lgan.

Pokiston uzoq yillardan beri Afg‘onistonni o‘z hududiga hujum uyushtiruvchi jangarilarga boshpana berishda ayblab keladi. Tolibon hukumati esa bu ayblovlarni rad etib, Afg‘oniston hududi boshqa davlatlar xavfsizligiga tahdid solish uchun ishlatilmasligini ta’kidlab kelmoqda.

Kiritildi: Bugun 21:02. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!