Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Pokiston 297 nafar afg‘on askarining o‘lganini e’lon qildi

Pokiston 297 nafar afg‘on askarining o‘lganini e’lon qildi

Pokiston kuchlari bilan to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan afg‘on askarlari soni kamida 297 kishiga yetdi, 450 dan ortiq kishi yaralandi.

Pokiston axborot vaziri Attaulloh Tarar bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni mamlakatdagi 29 ta nishonga havo hujumlari uyushtirilgan. Pokiston armiyasi 89 ta afg‘on nazorat punktini vayron qildi va yana 18 tasi qo‘lga olindi. Bundan tashqari, 135 dan ortiq harbiy texnika, jumladan, tanklar, zirhli transportyorlar va artilleriya shikastlangan.

Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni kechqurun Pokiston va Afg‘oniston chegarasida janglar qayta boshlandi. Kobul yaqinda Pokistonning Afg‘oniston hududiga uyushtirgan havo hujumlariga javoban harbiy operasiya o‘tkazayotganini e’lon qildi. Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif o‘z mamlakati va Afg‘onistondagi Tolibon hukumati hozirda ochiq qurolli to‘qnashuv holatida ekanligini aytdi.

27 fevral kuni ertalab Afg‘oniston Mudofaa vazirligi operasiya tugaganini e’lon qildi va 55 nafar pokistonlik askar halok bo‘lgani va ikkita baza va 19 ta chegara posti qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Islomobod harbiy harakatlar davom etayotganini xabar qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!