Fransiyalik futbolchi Pol Pogba 2025 yilda maydonga qaytishi mumkin bo‘ladi.
Daily Mail jurnalisti Sami Mokbelning xabar berishicha, yarim himoyachining Sport arbitraj sudiga (CAS) bergan appelyasiyasi qondirilgan. 4 yillik diskvalifikasiya 18 oygacha qisqargan.
Pogba yanvar oyidan boshlab “Yuventus”ning mashg‘ulotlarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Mart oyidan boshlab esa unga maydonga tushishga ruxsat beriladi. Shuningdek, Pol dastlabki jarimani ham to‘lamaydigan bo‘ldi.
“Dahshatli tush o‘z yakuniga yetmoqda. O‘z ozruim sari yo‘lda davom etishim mumkin bo‘ladigan kunni intizorlik bilan kutyapman.
Men hech qachon o‘zim bilgan holda qoidalarni buzmaganman. Sport arbitraj sudiga o‘z minnatdorligimni bildiraman.
Bu juda qiyin davr edi”, — deydi fransuz.