Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Slovakiya bosh vaziri Robert Fisoning G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga kelishini "qahramonlik" deb atadi.
"Bizning davrimizda, ayniqsa, Vuchich va Fiso haqida gapiradigan bo‘lsak, bu shunchaki qahramonlik," - dedi Peskov Birinchi kanal efirida.
Uning ta’kidlashicha, Yevropa yetakchilari "bu ochiq bosimga qaramay, G‘alaba kuniga munosib hurmat ko‘rsatish uchun o‘zlarining suveren irodasini namoyish etdilar," uning fikricha, bu "eng yuqori bahoga loyiq."