Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqi Kengashining Vengriya tomonini ovoz berish huquqidan mahrum qilish bo‘yicha eshituvlari birlashmadagi qarama-qarshiliklarning bir ko‘rinishi ekanligini aytdi.
"EIning o‘zida hozir, albatta, muayyan qarama-qarshiliklar kuzatilmoqda," - deya ta’kidladi Kreml vakili.
Vengriyani Yevropa Ittifoqida ovoz berish huquqidan mahrum qilish 27 may kuni Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan o‘tkaziladigan sammit mavzusi bo‘ladi. Bu yig‘ilish kun tartibidan kelib chiqadi, unga ko‘ra Yevropa Ittifoqi Kengashi a’zolari Vengriyaga nisbatan Yevropa Ittifoqi shartnomasining 7-moddasini qo‘llash imkoniyatini muhokama qiladilar.