Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Perudagi o‘rmon yong‘inlarida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Perudagi o‘rmon yong‘inlarida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Peru sog‘liqni saqlash vaziri Sezar Vaskes Sanches RPP Noticias telekanalida shunday dedi: "Afsuski, biz hozirgacha 15 o‘limni qayd etdik." Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari yong‘inga qarshi kurashda xalqaro yordam so‘rash imkoniyatini istisno etmayapti.

Peru milliy favqulodda vaziyatlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri yong‘inlar oqibatida kamida 98 kishi jabrlangan. Markaz koordinatori Martin Xesus del Kastilyo Merino ta’kidlaganidek, yanvar oyidan buyon mamlakatda 179 ta yong‘in o‘chirilgan, 23 ta yong‘in o‘t o‘chiruvchilar va milliy xavfsizlik kuchlari tomonidan nazoratga olingan, biroq qolgan 32 ta yong‘in hali ham faol.

Kiritildi: 11:58 17.09.2024. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!