Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Peru parlamenti mamlakat prezidenti Pedro Kastilyoga impichment e’lon qildi

A A A
Peru parlamenti mamlakat prezidenti Pedro Kastilyoga impichment e’lon qildi

Bir necha soat oldin Kastilyo parlamentni tarqatib yuborishi va mamlakatda komendantlik soati joriy etishini e’lon qildi.

"Quyidagi choralar joriy etilmoqda: favqulodda vaziyat doirasida Kongressni vaqtincha tarqatib yuborish va hukumatni tayinlash. Iloji boricha tezroq yangi Konstitusiya loyihasini ishlab chiqish uchun ta’sis vakolatiga ega bo‘lgan yangi kongressga saylov sanasini to‘qqiz oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda belgilash", — deya ma’lum qilgan edi Kastilyo.

Biroq, parlament prezidentga impichment e’lon qildi. Kongress rahbari fuqarolarni prezidentga bo‘ysunmaslikka chaqirdi, TIV rahbari esa Kastilyoning harakatini davlat to‘ntarishi deb atadi.

Kiritildi: 01:03 08.12.2022. O'qildi: 2446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!