Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Peris Xilton unashtirilganligini e’lon qildi

Peris Xilton unashtirilganligini e’lon qildi

Amerikalik aktrisa Peris Xilton 39 yoshli tadbirkor Karter Reum bilan unashtirilganligini e’lon qildi. 

Bu haqda aktrisa tug‘ilgan kunida Instagram sahifasida xabar berdi. 17 fevral kuni aktrisa 40 yoshga to‘ldi.

 «Koronavirus bilan o‘tgan yil juda tezlashdi. Doimiy sayohat qilgan kishi sifatida men uyda qolish va men uchun muhim bo‘lgan narsalarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldim», deb yozgan Xilton.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya paytida sevgilisi bilan o‘tkazgan vaqt «haqiqiy sovg‘a» bo‘lgan. 

Xilton va Reum bir-birlarini taxminan 15 yildan beri bilishadi, ammo o‘rtalaridagi yaqin munosabatlar bir yil oldin boshlangan.

Kiritildi: 22:34 18.02.2021. O'qildi: 2363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!