Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Peres «Real» bosh murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamoqda

Peres «Real» bosh murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamoqda

AS nashrining xabar qilishicha, madridliklar rahbariyati mavsumning sust boshlangani, shuningdek, «Kadis» (0:1) va «Shaxtyor» (2:3) jamoalaridan uchralgan mag‘lubiyatdan norozi.

Ayni damda «Real» Zinedin Zidanga o‘rinbosar sifatida «Tottenhem» sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino va «Real»ning yoshlar jamoasi ustozi Raulni ko‘rmoqda.

«Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres jamoa boshqaruviga Raulning kelishini xohlamoqda, biroq «Real» rahbariyati 43 yoshli mutaxassisning bu qadar mas’uliyatli ishga tayyor ekaniga shubha bilan qaramoqda.

Pochettino anchadan buyon ishsiz yuribdi va faoliyatini tiklashni juda xohlamoqda. Biroq uning madridliklar tizimida faoliyat yuritmagani muammoga aylanmoqda. Argentinalik mutaxassis kafolat tariqasida uzoq muddatli shartnoma talab qilishi mumkin.

Ketma-ket ikkita mag‘lubiyatni qabul qilib olgan «Real» 24 oktyabr, kuni La Liga doirasida «Barselona»ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

«Qaymoqranglilar» La Liga 2020/21 yilgi mavsumidagi beshta o‘yindan so‘ng 10 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda ketmoqda.

Kiritildi: 17:25 24.10.2020. O'qildi: 2489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!