Virjiniya shtatining Arlington shahridagi Pentagon yaqinida ikkita avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida kamida 23 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlarning kamida 10 nafari AQSh mudofaa vazirligi xodimlari.
Tez yordam brigadalari 18 kishini kasalxonalarga olib ketishgan, yana besh kishiga voqea joyida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Pentagon huquq-tartibot idoralari avariyani tasdiqladi va Pentagon yaqinida joylashgan transport markazi va metro bekatining to‘liq yopilishini e’lon qildi.