AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va isroillik hamkasbi Isroil Kas bilan telefon orqali muloqot qildi. Pentagon rahbari AQShning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi va G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar sharoitni eslatdi.
“Lloyd Ostin mintaqaviy tahdidlarni ko‘rib chiqish, Isroilning joriy operasiyalarini muhokama qilish va Qo‘shma Shtatlarning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash uchun Isroil Kas bilan suhbatlashdi”, deyiladi Pentagon veb-saytida.
Ostin, shuningdek, Livan qurolli hamda tinchlikparvar kuchlari xavfsizligini ta’minlash muhimligini ta’kidlagan. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Livandagi “Hizbulloh”ga qarshi urushni diplomatik yo‘llar bilan tugatishni to‘g‘ri deb hisoblaydi.