“CERT International” xalqaro trening kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan sertifikatlashtirish auditidan so‘ng Pensiya jamg‘armasining korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi ushbu standart talablariga muvofiqligi tasdiqlandi. Kompaniya vakili tomonidan Pensiya jamg‘armasiga muvofiqlik sertifikati taqdim etildi.
Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining 27 nafar xodimi xalqaro ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi menejeri – ichki auditori yo‘nalishida “CERT Academy Group” xalqaro trening kompaniyasi tomonidan besh kunlik o‘quv kurslarida qatnashib, maxsus sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
Pensiya jamg‘armasining mazkur ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi Jamg‘armaning barcha ko‘rinishdagi korrupsiyaga murosasiz munosabatda ekanligini bildirib, Jamg‘arma faoliyatini barqarorlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.