Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Partiya faoliyatiga tanqidiy nazar

A A A
Partiya faoliyatiga tanqidiy nazar

Toshkentda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashining XIII Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, O‘zMTDP Toshkent viloyat kengashi vakillari, mahalliy partiya tashkilotlari rahbarlari, deputatlar ishtirok etdi.

Plenumda partiyaning Toshkent viloyati kengashining joriy yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari va kelgusi rejalari muhokama qilindi.

Tadbirda partiyaning topshiriqlarini, o‘z oldidagi vazifalarni bajarishda sustkashlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan tuman, shahar kengashlari faoliyati tanqid qilindi.

Plenum yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 
Manba: uza.uz
Kiritildi: 22:46 30.07.2018. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik