Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Parkent tumanidan 20 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Parkent tumanidan 20 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.M. fuqaro N.X.ning ishonchiga kirib, unga “Navbahor” qo‘rg‘oni hududidan 20 sotix yer maydonini tanishlari yordamida 40 000 AQSh dollari evaziga hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini va’da qilib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:35 02.07.2024. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!