“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Parkent tumanida joylashgan “A. I.” MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexida hisoblagichning ichki ehtiyot qismlari o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 4 milliard 387 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.