Kuchli yomg‘ir oqibatida Parijdagi bir qancha metro bekatlari suv ostida qoldi.
Bu haqda Ici Paris le-de-France radiostansiyasi ma’lum qildi.
Fransiya poytaxtini urgan bo‘ron poytaxt viloyatiga xizmat ko‘rsatuvchi shahar atrofidagi RER poyezdlarining harakatini ham to‘xtatdi. Xususan, Parijni Sharl-de-Goll aeroporti bilan bog‘lovchi liniyada poyezdlar qatnamayapti.
Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli shamol tufayli binolar va avtomobillarga ko‘plab zarar yetkazilgan.
Poytaxt markazidagi ayrim ko‘chalar suv ostida qolgan. Ayrim hududlarda kunning qorong‘i bo‘lishiga qaramay, ko‘cha yoritgichlari ishlamayapti.