Hujumchilar 17 yoshli yigitni Parij yaqinidagi Esson departamentida maktabdan chiqib ketayotganda o‘ldirdi.
Bu haqda Evri kommunasi prokurori Greguar Dulenga tayanib, “Frans Press” agentligi xabar bermoqda .
Unga ko‘ra, o‘smir mahalliy vaqt bilan taxminan 17:00da pichoq bilan o‘ldirilgan. Olti kishi qo‘lga olinib, qasddan odam o‘ldirish bo‘yicha ish ochilgan.
Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yigit "ko‘cha jinoiy guruhlari o‘rtasidagi to‘qnashuv paytida" o‘ldirilgan.