Iyul oyida Fransiyada qo‘lga olingan Rossiya fuqarosi Kirill Gryaznovga nisbatan Fransiyada tartibsizliklar uyushtirishda xorijiy davlat bilan hamkorlik qilish moddasi bo‘yicha ish ochildi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, ushbu modda bo‘yicha jazo 30 yilgacha qamoq jazosi hisoblanadi.
Parij prokuraturasi aniqlik kiritishicha, erkakning uyida tintuv o‘tkazilgan.
"Uning davomida aniqlangan elementlar u Olimpiya o‘yinlari paytida notinchlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan voqealarni uyushtirmoqchi bo‘lgan, deb taxmin qilishga imkon beradi," - deyiladi xabarda.