Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Parij-2024": Otabek Umarov O‘zbekiston sport delegasiyasi a’zolari bilan suhbatlashdi

"Parij-2024": Otabek Umarov O‘zbekiston sport delegasiyasi a’zolari bilan suhbatlashdi

XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimizning bellashuvlarda munosib natijalarga erishishida ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash muhim omil sanaladi.

Fransiyada davom etayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining turli tadbirlarida ishtirok etayotgan Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vise-prezidenti Otabek Umarov Parij shahrida joylashgan «Olimpiya shaharchasi»da bo‘lib, O‘zbekiston delegasiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida atletlarimiz uchun ajratilgan xonalar, mashg‘ulot zallari, O‘zbekiston sport delegasiyasi shtab faoliyati, tibbiyot bo‘limi ish tartibi ko‘zdan kechirildi.

"Parij-2024": Otabek Umarov O‘zbekiston sport delegasiyasi a’zolari bilan suhbatlashdi

Sportchilar, murabbiy va mutaxassislar bilan suhbatlashildi. Mashg‘ulotlar jarayoni, musobaqalarda ishtirok etish uchun belgilangan reja-dasturlar, texnik vositalarning holati kabi masalalarda fikrlashildi, deya xabar bermoqda Sport vazirligi matbuot xizmati.

Kiritildi: 10:55 28.07.2024. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!