Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Parij—2024. Futbol. Hakamimiz yarim final o‘yinida ham ishlaydi

Parij—2024. Futbol. Hakamimiz yarim final o‘yinida ham ishlaydi

Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida Olimpiya o‘yinlari bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu musobaqaning futbol bellashuvlari yarim final bosqichi doirasidagi Marokash—Ispaniya uchrashuvida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar ish olib boradi.

Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynulin yordam beradi.

Mazkur bahs 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Ushbu bahs Tantashev boshchiligidagi hakamlarning Parijdagi musobaqadagi to‘rtinchi o‘yini hisoblanadi. O‘zbekistonlik hakamlar guruh bahslarida Fransiya—Gvineya hamda Paragvay—Mali uchrashuvlarini boshqardi. Shuningdek, chorak finaldan o‘rin olgan Fransiya—Argentina bahsida ham o‘zbekistonlik hakam va uning jamoasi ishlagandi.

Kiritildi: 09:35 05.08.2024. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!