Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Parij-2024. Bokschilarimizning ilk raqiblari ma’lum bo‘ldi

Parij-2024. Bokschilarimizning ilk raqiblari ma’lum bo‘ldi

Parij Olimpiadasi doirasida boks musobaqalariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirok etadigan ayol bokschilarimizning ilk bahsdagi raqibalari bilan tanishing:

-50 kg: Sabina Boboqulova - Chutamat Raksat (Tailand)

-54 kg: Nigina O‘ktamova - Yomna Ayyad (Misr)

-57 kg: Sitora Turdibekova - Marselat Sakobi (Kongo Demokratik Respublikasi)

-66 kg: Navbahor Hamidova - Morelle MakKeyn (AQSh).


Erkaklar o‘rtasidagi bahslarga ham qur’a tashlandi. Vakillarimizning dastlabki janglari bilan tanishing:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Xesus de Lopes (Puerto-Riko)

-57 kg: Abdumalik Halokov - Nebil Ibrahim (Shvesiya) va Vasim Abusal (Falastin) bahsi g‘olibiga qarshi.

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Martines Ramires (Meksika)

-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Omar Elavadi (Misr)

-80 kg: To‘rabek Habibullayev - Ef Marsyal (Filippin)

-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Aziz Abbes Mohiddin (Italiya)

+92 kg: Bahodir Jalolov - Omar Mohamed Shiha (Norvegiya).

Eslatib o‘tamiz, bahslar 27 iyuldan boshlab start oladi.

Kiritildi: 10:33 26.07.2024. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!